Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 27.10.2026
GapChat («Xizmat») bizneslarga Instagram va Telegram'dagi mijozlar xabarlariga AI-administrator orqali javob berish imkonini beradi. Ushbu siyosat qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz va ulardan qanday foydalanishimizni tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Biznes egasi akkaunti: email, parol (shifrlangan holda) yoki Google akkaunt identifikatori.
- Biznes ma'lumotlari: nomi, manzili, telefoni, xizmatlar, narxlar va ish vaqti — egasi o'zi kiritadi.
- Instagram: ulangan professional akkaunt ID si va username, kirish tokeni, Direct xabarlari va post ostidagi izohlar matni, ularni yuborgan foydalanuvchilarning Instagram ID si, ismi va username.
- Telegram: bot tokeni, bot orqali kelgan xabarlar, yuboruvchining Telegram ID si, ismi va username.
- Yozuvlar: mijoz ismi, ixtiyoriy telefon raqami, tanlangan xizmat va vaqt.
- Ovozli xabarlar: faqat matnga o'girish uchun qayta ishlanadi, audio fayl saqlanmaydi.
2. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
- Mijozlar xabarlariga biznes nomidan javob berish va ularni yozib qo'yish uchun.
- Biznes egasiga kabinetda suhbatlar, yozuvlar va statistikani ko'rsatish uchun.
- Biznes egasiga Telegram orqali bildirishnoma yuborish uchun.
Ma'lumotlarni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va AI modellarini o'qitish uchun bermaymiz.
3. Uchinchi tomon xizmatlari
- OpenAI — javob tayyorlash va ovozni matnga o'girish uchun xabar matni yuboriladi. OpenAI API orqali yuborilgan ma'lumotlarni o'z modellarini o'qitishda ishlatmaydi.
- Supabase — ma'lumotlar bazasi va autentifikatsiya.
- Vercel — sayt xostingi.
- Meta (Instagram) va Telegram — xabarlarni qabul qilish va yuborish.
4. Saqlash va xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Har bir biznes faqat o'z ma'lumotlarini ko'radi (Row Level Security). Ma'lumotlar akkaunt faol bo'lgan muddatda saqlanadi va o'chirish so'ralganda 30 kun ichida o'chiriladi.
5. Huquqlaringiz
Siz o'z ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish va o'chirishni so'rashingiz mumkin. Batafsil: Ma'lumotlarni o'chirish.
6. Aloqa
Savollar bo'yicha: kabinetdagi qo'llab-quvvatlash orqali.
Summary (English)
GapChat processes Instagram and Telegram messages and comments sent to connected business accounts in order to generate automated replies on the business's behalf (via OpenAI) and to create appointment records. We store account IDs, usernames, message text and booking details in Supabase, do not sell data or use it for advertising, and delete it on request within 30 days. See Data deletion.